🟥 Universitet binosidagi yoriqlar yuqori xavf darajasiga ega emas!
Toshkent shahar Yunusobod tumani Qiyot koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti binosida yuzaga kelgan yoriqlar masalasi Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi.
Holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
– ushbu yoriqlar universitetning eski mavjud binosi hamda oʻtish yoʻlagi oraligʻida hosil boʻlgan. Ikki bino oʻrtasidagi maxsus chok (temperaturniy shov), yillar davomida tashqi omillar taʼsirida shu holatga kelgan;
– eski mavjud bino 1978-yilda loyihalashtirilgan va shu kunga qadar unda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmagan. Alohida taʼkidlash oʻrinliki, yoriqlar bilan bogʻliq holatning 2019-yil Investitsiya dasturi asosida qurib, foydalanishga topshirilgan universitetning yangi binolariga umuman aloqasi yoʻq;
– bu bino gʻisht devoridagi yoriqlar emas. Shuningdek, oʻrganish ishlari davomida binoning poydevori ham koʻzdan kechirildi. Vizual tekshiruv natijasiga koʻra poydevorda choʻkish alomatlari mavjud emas.