• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 17, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

“Новости Узбекистана” telegram kanalida e’lon qilingan videolavhada ko’rsatilgan kamchiliklar bo’yicha Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quruvchi tashkilot bilan birgalikda o’rganish ishlarini olib bordi.

Xususan, binoning fasad qismlarida yopishtirilgan penopolisterol mahsulotidan ishlangan dekorativ element shikastlanishi tashqi ta’sir natijasida (yosh bolalar tomonidan) buzilgani va sindirilgani aniqlandi. Shuningdek, xonadon egalari tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash davrida ishchilar tomonidan ehtiyotsizlik natijasida yerto’laga suv toshish holatlari hamda bino atrofida qurilish chiqindilari vaqtida olib chiqib ketilmayotganligi ma’lum bo’ldi.

Videolavhada ko’rsatib o’tilgan lift muammosi bo’yicha esa hozirgi kunda liftlarning boshqaruv panellarida va uskunalarida nosozlik yuzaga kelgani bois qaytadan yangi liftni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur muammolar yuzasidan tomonlarga inspeksiya tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda quruvchi tashkilot tomonidan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf qilinishi bo’yicha kafolat xati taqdim qilindi. Yuqoridagilar buyurtmachi tomonidan 20 ish kunida bartaraf etilishi kafolatlandi.