• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 18, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

 Toshkent viloyati Olmaliq shahri I.Karimov MFY hududida bunyod etilayotgan 9 qavatli turar-joy binosi qurilishida aniqlangan qoidabuzarliklar va sifatsiz bajarilgan ishlar:

• ushbu turar-joy binosini qurishda SHNQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgan holda kotlovan tayyorgarligi toʻgʻrisida geolog dalolatnomasi va zamin tuproq qatlami zichligi boʻyicha laboratoriya xulosalari toʻliq rasmiylashtirilmagan;
• obyektning barcha qavatlarini koʻtarishda SHNQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy xududlarda qurilish” meʼyor talablari buzilgan holda monolit-beton kontruksiyalarning mustahkamligi boʻyicha laboratoriya sinovlarining xulosalari olinmagan;
• obyektda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan.

Xavfsizlik lentalari tortilmay opalubka montaj ishlari bajarilgan. Shuningdek, opalubka montaj ishlarida loyihadan chetga chiqish holatlari kuzatilgan;
• obyekt qurilishining loyiha va qurilish meʼyorlari talablariga muvofiq amalga oshirilganligi yuzasidan ijro sxemalar, ishlatilgan qurilish materiallarining sifatini tasdiqlovchi pasport va sertifikatlar, yopiq ishlar dalolatnomalari SHNQ 3.01.01-03 talablarida belgilangan ijro hujjatlari toʻliq rasmiylashtirilmagan.

Bugungi kunda qurilish montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilganini maʼlum qilamiz.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidabuzarliklarni loyiha va qurilish meʼyorlari talablari asosida bartaraf etilishi yuzasidan texnik nazoratchi hamda pudratchi masʼullariga tegishli koʻrsatmalar berilgan.

Pudrat tashkiloti rahbari Oʻzbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-moddasiga asosan jarimaga tortilgan.