• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 22, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Buxoro shahar Ibrohim Moʻminov koʻchasi 12-koʻp kvartirali uy 2018-2020-yillar “Buxoro Lazizbek stroy servis” MCHJ tomonidan renovatsiya dasturi asosida qurilib, 2020-yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgan.

2023-yil 22-aprel kuni Koʻp xonadonli uy joy fondidan foydalanishni nazorat qilish Buxoro viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan holat oʻrganilganda, haqiqatdan ham ushbu uyning 3-kirish yoʻlagi umumiy foydalanishdagi lift mulkdorlarining ehtiyotsizligi hamda liftdan foydalanish qoidalariga amal qilmaganliklari sababli nosoz holga kelgan (4-qavatda yashaydigan mulkdor yashash xonasini taʼmirlash uchun qurilish mahsulotlarini lift orqali olib chiqgan).

2023-yil 20-aprel kuni lift uskunasi ishlamaganidan xabar topgan “Buxoro Lazizbek stroy servis” MCHJ rahbari ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan Buxoro shahar lift uskunalariga xizmat koʻrsatish korxonasi “Idial Lift Montaj” MCHJga mazkur nosozlikni bartaraf etish yuzasidan buyurtma bergan hamda shu kuning oʻzida liftda taʼmirlash ishlari olib borilgan. 2023-yil 22-aprel holatiga ko‘ra lift soz holda.

Ushbu ko‘p qavatli uy 2020-yil foydalanishga qabul qilingan boʻlsa-da, hozirgi kunga qadar uy mulkdorlari tomonidan boshqaruv usuli tanlanmangan boʻlib, ushbu uyga texnik xizmat koʻrsatuvchi tashkilot mavjud emas. Shu sababli uy mulkdorlari tomonidan uyning yertoʻla qismida qurilish chiqindilari va har xil maishiy chiqindilar tashlangan boʻlib, uy hududida obodonlashtirish ishlari olib borilmagan. Mazkur muammoni to‘g‘irlash mulkdorlarning o‘ziga bog‘liqligi bo‘yicha tushuntirish ishlari borildi.