• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Mar 10, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

❗️Xorazm viloyati Urganch shahri P.Mahmud (Amudaryo) koʻchasida joylashgan“BERUNIY BUILDINGS” MCHJga tegishli 1-qavati savdo va maishiy xizmat koʻrsatishdan iborat 7 qavatli 3 yoʻlakli 54 ta xonadon dan tashkil topgan koʻp qavatli turar joy binosi 2018-yil 25-dekabrda Xorazm viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun roʻyxatdan oʻtgan.

✅ “BERUNIY BUILDINGS” MCHJ koʻp qavatli turar joy binosini qurish maqsadida snos qilinadigan aholi turar joylarining tovon pullarini berish uchun 2018-yil 14-iyunda Urganch shahar hokimligi bilan 1050,0 mln soʻmni hokimlikning hisob raqamiga oʻtkazish boʻyicha 5-sonli kelishuv shartnomasi imzolangan hamda shartnomaga asosan quruvchi tashkiloti 2018-yil 6-iyunda 525,0 mln soʻm mablagʻni hokimlik hisob raqamiga oʻtkazib bergan.

🔴Lekin ushbu mablagʻ Urganch shahar hokimligi tomonidan uy egasiga yetkazib berilmaganligi uchun 2019-yil 12-iyunda shahar hokimi Sh.Abdullayevga, 2019-yil 5-avgustda Xorazm viloyat prokuraturasiga, 2019-yil 12-avgustda Xorazm viloyati moliyaviy nazorat boshqarmasiga, 2019-yil 5-avgutda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga, 2021-yil 26-martda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanovga, 2021-yil 16-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga “BERUNIY BUILDINGS” MCHJ tomonidan murojaat qilingan. Ammo hozirgi kungacha ushbu mablagʻ uy egasiga oʻtkazib berilmagan.