• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 25, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi telegram messenjeri orqali tarqalgan Sergeli tumanida qurilayotgan obyektning yuqori qavatlaridan qurilish chiqindilari tashlangani tasvirlangan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Sergeli tumani TXAY ko’chasi manzilida joylashgan “LUX CITY HOUSES” MChJ ga tegishli “9+1 ko’p qavatli turar joy savdo va maishiy xizmat ko’rsatish obyekti uchun hududiy nazorat inspeksiyasiga 2021-yil 10-martda xabarnoma yuborilgan va ro’yxatdan o’tgan.

Bugun “LUX CITY HOUSES” MChJda mehnat xavfsizligi boshlig’i lavozimida ishlovchi A.Matyakubovdan kelgusida bunday holat qaytarilmasligi haqida tushuntirish xati olindi. O’z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan quruvchilar bilan esa tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.