❕ 2023-yil 23-aprel kuni telegram ijtimoiy tarmogʻida koʻp qavatli uy-joyda lift mavjud emasligi bo’yicha e’lon qilingan xabar Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o’rganib chiqildi.
7 qavat mansardali bino Andijon shahar 1 kichik daha Nodira koʻchasida joylashgan boʻlib, “Yangi Davr media” MCHJ tomonidan 2020-yilda qurib bitkazilgan.
Holat joyiga borib oʻrganilganda pudrachi tomonidan lift qoʻyish ishlari boshlanganligi va tez orada montaj ishlarini yakunlashi maʼlum boʻldi. Hozirda lift uchun elektr simlarini tortish va 1-qavatda lift eshiklarini oʻrnatish ishlari boshlangan.