2023 yilning 27-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Unga ko‘ra Toshkent shahar Yashnobod tumani Beshariq ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli binoda buyurtmachi “GOLDEN HOUSE DEVELOPMENT” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan. Mazkur holat yuzasidan buyurtmachiga tegishli ko‘p qavatli turar-joy xonadonlaridagi kamchiliklar yuzasidan o‘rganish o‘tkazilib, bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilgan. Shu bilan birga turar-joy binosiga gaz berilmaganligi bois Yashnobod tuman gaz taʼminoti tashkiloti bilan kelishilgan holda turar-joy binosidagi umumiy xonadon aholisining 70 %i ko‘chib kirganidan so‘ng tabiiy gaz isteʼmoliga ruxsat berilishi aholiga maʼlum qilindi.
Ma’lumot uchun, obyekt Toshkent shahar qurilish sohasidagi hududiy nazorat inspeksiyasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan va unda doimiy davlat nazorati o‘rnatilgan bo‘lib, hozirda qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni qisman foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan.