• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 5, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali e’lon qilingan xabar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiya tomonidan o‘rganildi.

Unga ko‘ra Mirobod tumani “Yangi zamon” ko‘chasi 12-uy 59-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro V.V.Chumak tomonidan xonadonning balkon qismiga o‘zboshimchalik bilan qo‘shimcha qurilma qurib olinganligi aniqlandi.
Mutaxassislar tomonidan joyiga chiqqan holda vaziyat o‘rganilib, ushbu qurilmani 3-kun ichida bartaraf etish bo‘yicha fuqarodan kafolat xati olindi. Shuningdek, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJKning tegishli moddalariga asosan jarima qo‘llash tartibi belgilandi.