Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani M.Ismoiliy va Darxon ko‘chalari kesishuvida joylashgan “EKOTEXPROEKT-ENGINEERING” MChJga tegishli obyekt qurilishi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Avvalo obyekt qurilishini noqonuniy deb baholash uchun hech qanday asos yo’q. Sababi turar-joy binolarini qurish ishlari belgilangan shaharsozlik talablariga muvofiq tarzda amalga oshirilmoqda:
– Toshkent shahar Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2018-yil 1-iyundagi 22/34-sonli bayonnomasi olingan;
– “APPRAISAL PROJECT CONSULT GROUP” MChJ tomonidan 2018-yil 17-oktabrda 177-Э-2018-sonli ekspertiza xulosasi olingan hamda 2018-yilning 25-oktabrida Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tilgan.
Shuningdek, loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirish kiritilib, obyekt bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2023-yil 1-martdagi 65839-sonli xulosasi ham olingan.
“KONSTRUKSIYA LOYIHA EKSPERTIZA” MChJ tomonidan tegishli tartibda yig‘ma ekspertiza xulosasi olingach, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 200-sonli qaroriga muvofiq 2023-yil 2-mayda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan.