💬Facebook ijtimoiy tarmog’i orqali Yunusobod tumani 13-mavze “Axilobod” MFY hududida joylashgan “XON SAROY” MChJ va “CENTER MEDICAL GRAND” MChJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan bino-inshootlar yuzasidan yo’llangan murojaat Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasining mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.
O’rganish ishlari davomida quyidagilar aniqlandi:
– hozirgi kun holati bo’yicha mazkur obyektlarda qurilish-montaj ishlari hali boshlanmagan;
– obyektlar qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabardor qilish tartibi orqali Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan.
✅ Agar qurilish ishlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tilmasdan boshlab yuborilsa, “XON SAROY” MChJ va “CENTER MEDICAL GRAND” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga ko’ra ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, murojaatda keltirilgan qolgan kamchiliklar yuzasidan o’rganish ishlari tegishliligi bo’yicha Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bosh boshqarmasiga ham yo’naltirilib, holat nazoratga olindi.