🗺Namangan shahar Samarqand koʻchasidagi noqonuniy qurilish ishlari
Telegram messenjeri orqali tarqalgan tanqid yuzasidan hududiy inspeksiya mutaxassislari aholi vakillari hamrohligida joyida oʻrganish ishlarini olib borib, quyidagilarni aniqlashdi:
— yuqorida qayd etilgan manzilda “Intel Travel Yevro” MCHJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda;
— qurilish obyektida javobgar va masʼul shaxslar tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilmadi;
— mazkur qurilish obyekti tegishli tartibda Namangan viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtkazilmagan.
Shuningdek mas’ullar obyekt boʻyicha tasdiqlangan va ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha hujjatlari, obyektning tasdiqlangan bosh rejasi va bosh koʻrinishlari, yer ishlarini bajarishga doir “UzGASHKLITI” loyiha-qidiruv tashkilotining geologik xulosalari va dalolatnomalari hamda mazkur ishlarni bajarish loyihasi (PPR)ni ham ko‘rsata olishmadi.
❗️Quruvchi tashkilot tomonidan binoning ostki qismida kotlovan qazish uchun yaqin masofada istiqomat qiluvchi aholining roziligi olinmagan. Kotlovan qazish jarayonida mavjud xonadonlarning chegaradosh devorlariga nisbatan himoya masofalari taʼminlanmagan. Qurilish hududida birlamchi mavjud boʻlgan fuqarolarga tegishli turar-joy xonadonlarini koʻchirish masalasi toʻliq hal etilmagan. Buning ustiga obyektda qurilish jarayoni va xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq kamchiliklar ko‘p.
Mazkur holatlar yuzasidan quruvchi tashkilot “Intel Travel Yevro” MCHJ vakillariga qurilishni toʻxtatish boʻyicha 2023-yil 3-mayda yozma koʻrsatma berildi, kamchiliklar 10 kun ichida bartaraf etilmasa, kerakli hujjatlar yigʻilib, sudga belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.