Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Toshkent shahar Yunusobod tumani 8-mavze 17,19 va 20-uylar oralig’ida “Franchising invest” MChJ tomonidan ko’p qavatli turar-joy binosida qurilish boshlash uchun Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinmagan hamda Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tmagan. Hozirgi kunda obyektda qurilish montaj ishlari boshlanmagani bois uni nazorat qilish inspeksiya vakolatiga kirmaydi.