Radio orqali e’lon qilingan holat Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
Toshkent shahar Chilonzor tumani 8-mavze 13-uy orqasi Qatortol ko’chasida joylashgan hududda SAVDO DO’KONLARI obyektidagi qurilish pasport banneri 2023-yil 11-may kuni joyidan tushib ketgan. Inspeksiya tomonidan buyurtmachi tashkilot ma’sul xodimlariga ogohlantirish berildi.
Shundan so’ng banner ustunlari joyiga o’rnatilib mustahkamlandi, mas’ullarga texnika xavfsizligiga qattiq rioya qilish kerakligi qayta tushuntirildi.