😎 Telegram messenjerida tarqalgan holat yuzasidan Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inpeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Yunusobod tumani 4-mavzeda Y.Zaitov mahalla markazi hamda savdo maishiy shaxobchalari qurilish obyektida inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlagani uchun 2021-yil 5-mayda MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Shundan so’ng 2021-yil 21-sentabrda Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etib, ro’yxatdan o’tgan.
🖇 Hozirgi kunda obyektda mahalla markazi qurilishi to’liq yakunlangan, savdo-maishiy shaxobchalari uchun mo’ljallangan qismida handaq qazish ishlari bajarilgan, ammo qurilish-montaj ishlari olib borilmayapti. Handaqning ichki qismidan sizot suvi chiqqanligi sababli u suv tortish uskunalari yordamida chiqarilib, yig’ilayotgan sizot suvni qochirish maqsadida harsang toshlar bilan handaqning ostki sathini ko’tarish ishlari olib borilganligini ma’lum qilamiz.