• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 17, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

❗️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani Navoiy ko’chasi “Anhor” kanali bo’yi 2A-uy manzilida joylashgan qurilish obyekti bo’yicha facebook ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

2014-yil 14-mayda “O’RTOSHKENT DASI” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga kanal bo’yidagi o’zlariga tegishli hududda joylashgan qahvaxona binosini muhofaza hududini saqlagan holda qayta qurish uchun Toshkent shahar hokimining qarori qabul qilingan.

2022-yilda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga zid ravishda qurilish nazorat inspeksiyasidan ro’yxatdan o’tmasdan obyektda qurilish-montaj ishlari boshlab yuborilganligi aniqlangan va “TOSHKENT O’RDASI” MChJning mas’ul shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 7-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka  tortilgan.

Shuningdek, MChJ rahbariga qurilish ishlarini to’xtatish bo’yicha inspeksiyaning ogohlantirishlariga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirganligi sababli 2023-yilda O’zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga ko’ra takroran ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

*️⃣Hozirda sudga tegishli hujjatlar taqdim etilmoqda va qonunchilikda belgilangan tartibda mas’ullarga yana chora ko’rish ishlari olib borilishini ma’lum qilamiz.