• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 18, 2023 Posted by: tested Yangiliklar

🗺 Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan Xorazm viloyati “Yoshlik” ko‘chasidagi noqonuniy qurilish bo‘yicha qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi.

Maʼlum bo‘lishicha, Urganch shahar hokimining 2022-yil 16-sentabrdagi qaroriga asosan fuqaro D.Xasanovaga “Yoshlik” ko‘chasi hududidan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun 400 kv.metr yer maydon ajratilgan.

Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasiga asosan 2 qavatli mazkur shoxobcha qurilishi kelishilgan bo‘lsa-da, loyihachi tomonidan buyurtmachiga qurilish uchun boshqa loyiha taqdim etilgan. Yaʼni buyurtmachiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini ko‘p qavatli turar-joy binosiga moslashtirgan holda loyihalab bergan.

Holat yuzasidan avvalroq monitoring o‘tkazilganda hududiy inspeksiyadan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, qurilish-montaj ishlarini olib borganligi uchun fuqaro D.Xasanovaga nisbatan 2022-yil 23-dekabrida ogohlantirish xati va qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma berilgan. Qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga qaramasdan fuqaro D.Xasanovaga yana qurilish-montaj ishlarini davom ettirgani uchun 2023-yil 9-fevralda qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida qayta yozma ko‘rsatma taqdim etilgan.

Shuningdek, fuqaroning xatti-harakatiga nisbatan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, takroran joriy yilning 12-may sanasida ogohlantirish hamda maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishni ko‘rishda ishtirok etish uchun chaqiruv xatlari yuborilganligini maʼlum qilamiz.