MUNOSABAT

Mar 30, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Namangan tumani “Ravnaq” MFYda joylashgan 29-sonli maktab obyektida 2021-yilda mukammal qayta qurish ishlari amalga oshirilgan. Joriy yilning mart oyida maktabning 1-qavatida ayrim xonalarning parda devorlarida, oqava suv quvurlarining (kanalizatsiya) choklaridan suv sizishi oqibatida yoriqlar vujudga kelganligi aniqlangan.

✅Namangan viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan 2022-yil 18-mart kuni berilgan xulosaga asosan maktab binosining 1-qavatida tibbiyot xonasi, omborxona, fizika, labaratoriya xonasi va hojatxonadagi choʻkkan hamda yoriqlar hosil boʻlgan parda devorlar buzib olinib, loyihachi tashkilotning loyiha yechimi asosida parda devor hamda poydevorlarida kuchaytirish ishlarini bajarilishi lozimligi va parda devorlarini meʼyoriy talablar asosida qayta bajarish kerakligi tavsiya etilgan.

🔴Hozirgi kunda bosh pudratchi va tegishli mutaxassislar ishtirokida vujudga kelgan holatlarni bartaraf etish boʻyicha o’quv binosining 1- qavatidagi parda devorlar buzib olinib, oʻrnida loyihalash tashkilotining loyiha chizmalari va qurilish meʼyoriy qoidalari asosida gipsakarton qoplamasini bajarish ishlari olib borilmoqda. Quruvchi tashkilotning obyektda vujudga kelgan holatlarni joriy yilning 1-apreliga qadar toʻliq bartaraf etishi inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.