• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 1, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Yunusobod tumani 18-mavze 49-uy oldi manzilidagi qurilish obyekti bo’yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

Toshkent shahri Yunusobod tumani 18-mavze 49-uy oldida “Mahalla markazi va savdo maishiy shahobchalar” qurilishi yuzasidan shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan “UMID BLACK STAR” MCHJga 2019-yil 26 -iyulda 31-1549/A-sonli xulosasi berilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli Qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda xabardor etish tartibi orqali 2019-yil 17-sentabrda ro’yxatdan o’tgan.

Shu bilan birga shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan qo`shimcha bir qavat qo`shish yuzasidan 2022-yil 7-fevralda qurilish obyektiga qayta 37146-sonli xulosasi olingan hamda loyiha hujjatlariga o`zgartirish kiritilib, “UNIVERSAL PROJEKT EXPERTIZA” MCHJ tomonidan 2022-yil 10-martda yangi yig`ma ekspert xulosasi olingan. Qurilish obyektida qurilish-montaj ishlari hajmi ortganligi va ijro hujjatlariga o`zgartirish kiritilganligi tufayli Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini 2022-yil 14-martda qayta xabardor etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi videomurojaat yuzasidan “UMID BLACK STAR” MCHJning ushbu obyekti bo’yicha tegishli yer maydoniga Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan berilgan 2022-yil 7-fevraldagi 37146-sonli xulosaga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga 2022-yil 7-martda 1465-sonli hamda DSQ huzuridagi davlat Kadastrlar palatasining Toshkent shahar boshqarmasiga 2022-yil 31-martda 1859-sonli xat yuborilgan hamda muammo nazorat ostiga olingan.