• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 6, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Andijon shahar Toshkent koʻchasi 30/a-manzilda joylashgan fuqaro H.Yakubovga tegishli 2019-yil 12-iyun kuni davlat roʻyxatidan oʻtgan umumiy yer maydoni 405,03 kv.metr boʻlgan “Qozonxona bino inshootlari”ni buzib, oʻrniga SHNQ va QMQ talab normalariga amal qilgan holda Andijon viloyati Qurilish bosh boshqarmasi bosh reja boʻlimi bilan kelishilgandan soʻng 5 qavatli aholi turar-joy binosi hamda bolalar maydonchasi, avtomobillar turar-joyiga moslab qurish uchun Andijon shahar qurilish boʻlimi tomonidan 2021-yil 26-aprelda ruxsat berilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ga asosan viloyat qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 7-iyunda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi ART hujjati rasmiylashtirgan.

Fuqaro H.Yakubov tomonidan qurilishi rejalashtirilgan Andijon shahar Toshkent koʻchasi 30/a-manzilda joylashgan binolarni buzib, oʻrniga zamonaviy loyihalar asosida 5 qavatli aholi turar-joy binosi qurilishining taklifiy loyihasi Arxitektura va shaharsozlik kengashi tomonidan kelishilgan. Turar-joy binosi hududi bosh rejasiga koʻra hududda bolalar maydonchasi va avtoturargoh koʻzda tutilgan. ART hujjatiga asosan “Universal Dizayn D-M” MCHJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, 2021-yil 23-iyunda “Universal Dizayn-Expert” MCHJ ekspertiza tashkilotining ijobiy xulosasi olingan.

Viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga 5 qavatli 20 xonadonli turar-joy binosi qurish boʻyicha fuqaro H.Yakubovning qurilish-montaj ishlarini boshlaganligi haqidagi xabarnomasi kelib tushgan va 2021-yil 24-iyun kuni 571-son bilan inspeksiya roʻyxatidan oʻtkazilgan. Xabarnomaga asosan viloyat inspeksiyasi tomonidan obyektda olib borilgan monitoring tadbirlari davomida “Shaffof qurilish” platformasi orqali aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilgan.

Bugungi kunda ushbu 5 qavatli turar-joy binosining 5-qavati devor tiklash ishlari bajarilgan holda qurilish-montaj ishlari vaqtincha toʻxtatilgan.