• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 13, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanining “Gʻalaba” MFYda koʻrsatib oʻtilgan uylarda haqiqatdan ham muammolar koʻzga tashlandi. Gap shundaki, 2018-yilgi “Obod” qishloq dasturiga asosan 323 ta uy-joylar aholi ixtiyoriga topshirilgan. Uy-joylar qurilishi 26 ta pudrat tashkilotlar tomonidan toʻliq yakuniga yetkazilgan. Ammo joriy yilning mart oyida uzoq vaqt davom etgan yogʻingarchiliklar natijasida sizot suvlari yer sathiga koʻtarilishi oqibatida shu kabi holatlar qayd qilingan. Bunga asosiy sabab qilib choʻl zona geologiyasi boʻyicha yer osti suvlarinining sathi yuqori joylashganligini va koʻtarilgan suvlarni tortib ketuvchi gorizontal drenaj tizimlarining yoʻqligini koʻrsatish mumkin.

▶️Shuningdek, qor va yomgʻir suvlarining chiqib ketish tizimi yoʻqligi ham hududdagi 49 ta namunali uylarni taʼmirtalab holga kelib qolishiga sabab boʻlgan. Jumladan, oshxona pollari choʻkkan hamda pardozlash ishlari sifatsiz holatga kelgan, oshxona va qozonxona oraligʻidagi oraliq devorlarining choʻkishi natijasida yoriqlar yuzaga kelgan.

✅Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan omillar bartaraf etilmasa, kelgusida massivdagi boshqa uy-joylarda ham talofatlar yuzaga kelishi ehtimoli mavjud. Mazkur uy-joylar qurilishi 6 oy muddat qilib belgilangan boʻlsa-da, ammo ogʻzaki topshiriqlarga asosan qurilish-montaj ishlarini tezlashtirish maqsadida 3-4 oy muddatda uylar qurib, foydalanishga topshirilgan.

?Shuni taʼkidlash joizki, mazkur uylar tegishli tartibda Jizzax viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtmasdan qurilgan.