MUNOSABAT

Apr 18, 2022 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

❗️2022-yilning 17-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:

▶️Toshkent shahar Yashnobod tumani Istiqbol ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli va ko’p xonadonli turar-joy binosini qurish obyekti, buyurtmachi tashkilot “GOLDEN HOUSE DEVELOPMENT” MCHJ tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.

✅Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan mazkur obyektdagi qurilish mas’ullariga hududiy nazorat inspektori tomonidan ko’p qavatli binodan qurilish chiqindilarini pastga tashlash mumkin emasligi va texnika xavfsizligiga rioya etilishi kerakligi tushuntirildi hamda bu holat takrorlansa O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasiga asosan jazo choralarini qo’llash haqida ogohlantirildi. Buyurtmachi tashkilotdan boshqa bunday holatlarning qaytarilmasligi haqida kafolat xati olindi.