• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

May 31, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Joriy yilning 27-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yakkasaroy masjidining qarshisidagi yangi uy qurilishida sement ishlatilmayapti” sarlavhali videolavha yuzasidan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish olib borildi.

Yakkasaroy ko‘chasi 7-uy manzilida “POYTAXT STROY CITY” MCHJ tomonidan ko‘p qavatli turarjoy binosi qurilayotgan bo‘lib, mazkur obyektda g‘isht terish va boshqa qurilish jarayonlarida sement va qum aralashmasidan foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, videodagi holat o‘z tasdig‘ini topmadi.

Qurilish obyektida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davomida boshqa bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatma berildi. Agarda yozma ko‘rsatma talablari o‘z muddatida bajarilmasa, qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘riladi.