Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Bobur ko’chasi 24-uy manzilida fuqaro M.Ismoilovaga tegishli “Biznes markazi qurilishi” obyekti hamda 22-uy manzilidagi fuqaro А.Muhitdinovning “Ofis, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish binosi qurilishi” bo’yicha 2022-yil 5-aprelda Qurilish sohasida hududdiy nazorat inspeksiyasi inspektori tomonidan monitoring o’tkazilishi davomida qurilish ishlarida va ijro hujjatlari yuritilishida aniqlangan kamchiliklar, shuningdek, obyekt pasporti mavjud emasligi yuzasidan shu kuni bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatma berilgan.
Fuqarolar murojaati yuzasidan joriy yilning 11-aprelida ham muammo joyiga chiqib o’rganilgan. “BIZNES AZIYA” MChJ xavfsizlik ishlari rahbari O’.Murodov bilan suhbat o’tkazilgan.
Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi ma’sul xodimlari tomonidan “BIZNES AZIYA” MChJga tutash, qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlarda O’.Murodovning talabiga ko’ra binolar oraliq masofasi o’lchangan va fuqaro A.Muhitdinov tomonidan qurilayotgan ofis binosi bilan oraliq masofa 6 metrni hamda fuqaro M.Ismoilova tomonidan qurilayotgan Biznes markazi bilan oraliq masofa 12 metr qoldirilganligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaror talablariga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bino hamda inshootlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish bo’yicha tasdiqlangan reglamentga ko’ra ularning oraliq masofalari FVV “Yong’in xavfsizligi” boshqarmasi va “Sanitariya va epidemiologiya osoishtalik markazi” hududiy bo’limlari tomonidan berilgan xulosalarda SH.N.Q. 2.07.01-03* “Shaharsozlik” Majburiy 1-Ilovasining 15-bandiga ko‘ra binolarning atrofida yong’in o’chirish va maxsus avtomobillar harakatlanishi uchun eng kam 6 metr bo’lmagan qattiq qoplamali yo’l qoldirish sharti bilan ijobiy xulosalar berilganligi hamda fuqarolar yana norozi bo’lgan taqdirda O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonunning 32-moddasiga asosan sudga da’vo arizasi kiritish huquqi mavjudligi tushuntirildi.