• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 25, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-avgustdagi “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʼyicha eksperimentni amalga oshirish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5511-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-yanvardagi Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan eksperiment oʼtkazilishini muvofiqlashtirish boʼyicha Ishchi guruh bayonnomasiga asosan, 2019-yil 11-martda Toshkent shahar hokimining “ROYAL TOWERS” MChJga yer uchastkalarini zahiralash va investitsiya shartnomasida koʼrsatilgan talablarni bajarish haqidagi 381-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qarorda “ROYAL TOWERS” MChJga Yakkasaroy tumani, Glinka koʼchasida zamonaviy klinika, maktabgacha taʼlim muassasasi, avtoturargoh, savdo doʼkonlari, sport-sogʼlomlashtirish hamda turar joy binolari qurilishi uchun 1,92 ga yer maydonini zahiralash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga ruxsat berilgan.

ROYAL TOWERS” MChJga ushbu manzilda joylashgan mavjud turar va noturar binolarini oʼz hisobidan buzish hamda yetkazilgan zararlarni oʼrnatilgan tartibda qoplash vazifalari yuklatilgan.
Shundan soʼng qonunchilikda belgilangan hujjatlar rasmiylashtirilib, “SPECIAL PROJECT” MChJ tomonidan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va Toshkent shahar Qurilish Bosh boshqarmasining 2020-yil 24-martdagi “Аrxitektura va shaharsozlik kengashi” ishchi organining 31-698/А-sonli xulosasi bilan kelishilgan. Loyihalashtirish jarayonida ShNQ 2.07.01-03* “Shaharsozlik”, Sanitariya epidemologik osoyishtalik markazi va Yong‘in xavfsizligi meʼyoriy talablariga rioya qilingan, loyiha hujjatlari 2020-yil 18-avgustda “BINO INSHOOT LOYIHA EKSPERTIZA” MChJning 100-103/20-sonli yig’ma ekspert xulosasi olingan. Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Glinka ko’chasida joylashgan “ROYAL TOWERS” MChJga “Zamonaviy klinika, maktabgacha ta’lim muassasasi, avtoturargoh, savdo do’konlari, sport-sog’lomlashtirish va turar joy binolarini qurish” uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarorida belgilangan tartibga asosan 2020-yilning 24-avgustida Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tgan.

Bugungi kunda ushbu qurilish obyektida 8-blokning 14-qavatida qurilish ishlari olib borilmoqda, A-4 blokda kotlovan qazish ishlari qurilish me’yori va qoidalaridan chetga chiqqan holda sifatsiz bajarilganligi sababli qurilish montaj ishlari to’xtatilgan.