• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Apr 27, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

2022-yil 27-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Andijon shahrida SHNK degan qoidalar ishlaydimi?” nomli xabarda keltirilgan holat yuzasidan Andijon viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Aniqlanishicha, joriy yilning 21-aprel kuni hududiy nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan hududlarda olib borilgan monitoring tadbirlari davomida Andijon shahar 1 kichik daha Nodira koʻchasida joylashgan koʻp qavatli turar-joy binosining orqa hovli qismida “Yangi davr Media” MCHJ masʼullari tomonidan poydevor uchun kotlovan qazish ishlari olib borilayotganligi maʼlum boʻlgan va holat yuzasida izoh soʻralganida MCHJ masʼullari jamiyatga tegishli boʻlgan yer maydonida “Maʼmuriy bino va ofis” qurilishi uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq Andijon shahar qurilish boshqarmasi tomonidan 2022-yil 26-fevraldagi 1703401-38696-sonli ruxsatnoma berilganligi, ruxsatnomaga asosan viloyat qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 8-apreldagi 1703401-39986-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirigʻi hujjati rasmiylashtirganligini bildirishgan.

Biroq ishlar Andijon viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yubormasdan amalga oshirilgan va mas’ullarga bu mumkin emasligi tushuntirilib, shu kunning oʻzida ogohlantirish hamda qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida xatlar berilib, kovlangan yer maydonini avvalgi holatiga keltirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Holat esa nazoratga olingan.