MUNOSABAT

Apr 29, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

✅Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Shayxontohur tumani Labzak mavzesi 28-uy manzilidagi qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan maqola yuzasidan quyidagilarni ma`lum qiladi:

➡️Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 19-fevralda “FINANCIAL IDEA” MChJ tegishli mavjud binosi savdo do‘koni va omborxona binosini yonidagi turar joy binosi aholi bilan kelishilgan 1-qavatida savdo-maishiy xizmat ko’rsatish bo’lgan 4-qavatli o’quv markazi, tibbiy xizmat binosi sifatida ixtisoslashtirib, rekonstruksiya qilish”ga 1726277-37291-sonli ruxsatnoma berilgan. 2022-yil 10-martda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan Arxitektura-rejalashtirish topshirig’i tasdiqlangan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi oкganining 2022-yil 30-martda 40647-sonli xulosasi tasdiqlangan.

⚡️Loyiha-smeta hujjatlari hozirgi kundagi ShNQ va QMQ talablariga to’laqonli mos kelishi yuzasidan 2022-yil 12-aprelda “LOYIHA EXPERT SERVIS” XK tomonidan 17-04-22-sonli ekspert xulosasi tasdiqlangan.
🔴Qurilish obyekti bo‘yicha “FINANCIAL IDEA” MChJ 2022-yil 12-aprelda qurilish-montaj ishlarini boshlashdan oldin hududiy inspeksiyani xabardor etgan hamda o’rnatilgan tartibda ro’yxatdan o’tgan. Hozirgi kunda mazkur MChJ tomonidan o’ziga tegishli bo’lgan mavjud 1 qavatli binoning buzish ishlari olib borilmoqda.