• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 6, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🔴Toshkent shahar Chilonzor tumani Cho‘pon ota ko‘chasi 9-mavze, 13, 14, 16 va 17-uylar oralig‘ida joylashgan “Ko‘p qavatli turar joy binosini qurish” obyekti bo‘yicha.

Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mazkur obyekt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi:

Obyekt Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlari kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2020-yil 6-oktabrdagi 218-sonli xulosasiga hamda “QURILISH LOYIHA EKSPERTIZA SINOV” MCHJning 2020-yil 8-oktabrdagi 64-2/20-sonli ishchi loyiha bo‘yicha yig‘ma ekspertiza ijobiy xulosalarini olgan.

🏗“DIYORXON-BUILDING” MCHJ tomonidan “Ko‘p qavatli turar joy binosini qurish” bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi orqali qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga xabarnoma yuborgan va belgilangan tartibda 2020-yil 19-oktabrda 23525829-sonli xabarnoma orqali ro‘yxatga olingan.

➡️Tasdiqlangan hujjatlarga muvofiq turar-joy binosi qurilishi G shaklida bo‘lgan.

“DIYORXON-BUILDING” MCHJ tomonidan “2020-yil 19-oktabrdagi 23525829-sonli xabarnomaga aniqlik kiritish orqali, Loyiha korrekturasi, QMI qiymati, hajm oshganligi, loyihachi va pudratchi o‘zgarganligi” bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi orqali qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun inspeksiyaga aniqlik kiritish maqsadida xabarnoma yuborgan va belgilangan tartibda aniqlik kiritilgan.

Shundan so’ng tasdiqlangan loyiha korrekturasidagi hujjatlarga muvofiq, G shaklidagi turar-joy binosiga yana bir blokli turar-joy bino qo‘shilgan.

❗️Inspeksiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli va 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qarorlariga binoan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalarini olib borish davrida qurilish obyekti qatnashchilariga bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar taqdim qilingan hamda tizimli nazorat o‘rnatilgan.