• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 16, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🔴Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Mirobod tumani Farg’ona yo’li ko’chasi, “RAKAT OIL” yoqilg’i quyish shaxobchasi oldi manzilidagi qurilish obyekti bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

➡️Mazkur obyekt buyurtmachi “O’zbekiston Respublikasi IIV Qorovul Qo’shinlari Qo’mondonligi” tomonidan “Mavjud binoni o’rta qavatli turar-joy sifatida rekonstruksiya qilish” bo’yicha Mirobod tumani Qurilish bo’limidan 2021-yil 8-oktabrda obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilishga ruxsatnoma olingan. Ammo O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda xabardor etish tartibi orqali ro’yxatdan o’tmagan. Hozirgi kunda obyektda handaq qazish ishlari bajarilgan hamda inspeksiya tomonidan qurilish-montaj ishlari to’xtatilgan.