?Toshkent shahar Yunusobod tumani Shahrisabz va Istiqlol ko’chalari kesishmasida joylashgan “Uztur Investment and Development” MCHJ buyurtmachiligi ostida qurilayotgan “Tashkent Central Park” nomli ko’p tarmoqli qurilish majmuasi obyekti O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan 2020-yil 29-iyunda xabardor etish tartibi orqali ro’yxatdan o’tgan.
?Qurilish obyektida inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o’rnatilgan bo’lib, telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan videolavha yuzasidan Toshkent Shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi inspektori tomonidan 2022-yil 18-may kuni qurilish obyektiga chiqqan holda “Uztur Investment and Development”MCHJ ning qurilish ishlari bo’yicha maʼsul xodimlariga, qurilishda xavfsizlik norma va qoidalariga qatʼiy rioya etish, qurilish obyektini oʻrash, atrof-muhit tozaligiga qat’iy rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi hamda buyurtmachi tashkilot tomonidan ushbu videolavhada koʻrsatilgan hodisa boshqa takrorlanmasligi kafolatlandi.