• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Iyun 18, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Buxoro shahrining Mustaqillik va Piridastgir ko‘chalari kesishmasida joylashgan 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish hamda yuqori qavatlari ko‘p xonadonli turar-joy binosi qurilish obyektining yer to‘la qismida suv mavjudligi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda video lavha tarqalgan edi. Mazkur holat Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ushbu qurilish obyekti fuqaro Safarov Jamshid Murodovichga tegishli bo‘lib, hozirgi kunda ayrim sabablarga ko‘ra obyektda qurilish ishlari to‘xtatilgan. Qurilish obyekti oldida joylashgan 2 qavatli yog‘och konstruksiyali turar-joy binosining isitish tizimida tozalash ishlari olib borilgan. Uning chiqarib tashlash quvuri qurilish obyektining yer to‘la qismida joylashganligi sababli tozalash uchun ishlatilgan suvlar shu yerga chiqarilishi natijasida suv yig‘ilgan. Muammo bartaraf etildi.