• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 19, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️2022-yil 23-apreldagi Buxoro shahar M.Ashrafiy ko‘chasi 23-uyda yashovchi fuqaro Sh.Abdullayevaning Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasi 47/5-uyning oldida bo‘layotgan qurilish ishlaridan norozi bo‘lib, qilgan murojaati Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan atroflicha oʼrganib chiqilgan.

✅O’rganishlar natijasiga ko’ra Buxoro shahar Mustaqillik ko’chasi 47/5-uyning oldida fuqaro J.Ramazanov tomonidan 1-qavati savdo va maishiy xizmat ko’rsatish hamda yuqori qavatlari ko’p xonadonli turar-joy binosi qurilayotganligi aniqlangan. Inspeksiya tomonidan quruvchiga qurilish obyekti hududini vaqtinchalik to’siq devor bilan o’rab olinishi va hududni qurilish chiqindilaridan tozalab turilishi bo’yicha ko’rsatmalar berilgan hamda ariza muallifining telefon raqamiga qo’ng’iroq qilinganda aloqa o’rnatib bo’lmaganligi sababli mahalla fuqarolar yig’ini vakili bilan birgalikda dalolatnoma rasmiylashtirilib, quruvchi tomonidan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha kafolat xati berilgani ma’lum bo’ldi. Mavjud holat inspeksiya tomonidan nazoratga olingan.