• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 25, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

🟢Navoiy viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan telegram jtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan xabar mutaxassislarni jalb qilgan holda joyida oʻrganib chiqildi.

🔴Aniqlanishicha, “Nurota yigʻma beton” MCHJ tomonidan Nurota tumani “Eshon Sudur” MFY “Shodlik” koʻchasida qurilgan koʻp qavatli 59-uyda joylashgan 63-xonadon 2021-yil 10-iyundagi oldi-sotdi shartnomasiga asosan B.Fayzullayevga tegishli.

➡️“Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 5-bandiga asosan koʻp qavatli turar-joy binolarida toʻsin yoki yuk koʻtaruvchi devorlarida har qanday oʻzgarishlar kiritish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olish lozimligi belgilangan.

❗️Biroq oʻrganish davrida ushbu koʻp qavatli turar-joy binosining 1-qavatidagi 63-xonadonning hojatxona va yuvinish xonasiga tegishli yuk koʻtarmaydigan toʻsin devorlari (ostiga muntazam ravishda suv ketish oqibatida) tashqi taʼsir natijasida qisman choʻkish va qator buzilishlar kelib chiqqanligi kuzatildi. Oʻrganish davrida yuqorida qayd etilgan toʻsin devorning yuvinish va hojatxonaga kirish qismining oʻng qanotidagi toʻsin devor buzib tashlanganligi va asosiy kirish eshigi hamda yuvinish xonasiga kirish eshigi tepa qismlari bir tomonlama devordan ajralgan holga kelib qolganligi hamda kirish eshigi yon qismidagi (yuk koʻtarmaydigan) toʻsin devorning yuqori qismida tashqi taʼsir natijasida qisman siljib, yorilish paydo boʻlganligi kuzatildi.

✔️Oʻrganishda koʻp qavatli uy-joyning loyiha hujjatida mazkur xonadon joylashgan qismda yer toʻla qurilishi koʻzda tutilmagan boʻlib, yuqorida qayd etilgan toʻsin devorlarning choʻkishi yuk koʻtaruvchi devor boʻlmaganligi sababli binoning umumiy holatiga taʼsir etmasligi aniqlandi.

⚡️Fuqaro B.Fayzullayev oʻzining tushuntirishida bir necha kun oldin hojatxonasini suv bosganligini, uni bartaraf etish ishlarini amalga oshirish jarayonida devorlarga zarar yetib, yoriqlar paydo boʻlganligini, shundan soʻng ushbu devorlarni yangilash uchun ularni buzib tashlaganligini maʼlum qildi.