• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

May 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Buxoro shahrining I.Karimov ko’chasi hududida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlaridan norozi bo’lib”, qilgan murojaati Buxoro viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o’rganib chiqildi.

O’rganish jarayonida Buxoro shahar hokimining 2020-yil 31-dekabrdagi shaharning I.Karimov ko’chasi hududidan “Sharq Buxoro Savdo Kompleksi” MCHJga “Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish sexi hamda ofis binosi” qurish uchun jami 400 m2 o’lchamdagi yer maydoni ajratib berish to’g’risidagi 3147-sonli qarori tasdiqlangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Sharq Buxoro Savdo Kompleksi” MCHJning buyurtmasiga asosan Buxoro viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 16-martda Arxitektura-rejalashtirish topshirig’i tayyorlangan. Mazkur obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari “Loyihasuvqurilish” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilib, binoning bosh reja va fasad ko’rinishlari Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan kelishilgan hamda belgilangan tartibda ijobiy yig’ma ekspertiza xulosalari rasmiylashtirilgan. “Sharq Buxoro Savdo Kompleksi” MCHJ tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun viloyat hududiy inspeksiyasiga xabarnoma yuborilib, inspeksiya tomonidan 2022-yil 15-aprelda 322-son bilan ro’yxatga olinganligi hamda hozirda mazkur obyektning qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan loyiha yechimlari asosida amalga oshirilayotganligini bildiramiz.