⚡️Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Andijon shahar E.Ashurov ko‘chasi 1-manzilda joylashgan №45605-sonli harbiy qismning yonida bo‘lgan faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan AYOQSH yuzasidan Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
🔴Hududiy nazorat inspeksiyasi Andijon shahrida monitoring o‘rganish olib borish davrida 2022-yil 9-aprelda Andijon shahar B.Naqshbandiy 34-manzilida “MMMR” MChJga tegishli bo‘lgan eski faoliyati vaqtinchalik to‘xtab qolgan AYOQSh binosi, qayta kapital rekonstruksiya ishlari bilan birga qo‘shimcha o‘zgarishlarda qurilish ishlari olib borilayotganligi o‘rganildi.
✅O‘rganish davrida Toshkent shahridagi “GLOBAL EXPRESS PROJEKT” MChJ loyiha firmasi tomonidan AYOQSHning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilganligi ma’lum bo‘ldi. Inspeksiya amaldagi tartibga binoan MChJ rahbari R.Iminjonovga shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirib, so‘ng inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng qurilish ishlarini davom etirish uchun o‘sha kuni ogohlantirish xati bergan.
▶️ MChJ tomonidan YaIDXMga qilgan murojaatiga ko‘ra Andijon shahar qurilish bo‘limi tomonidan 2022-yil 13-aprelda obyektni zamonaviy loyihalar asosida qurish va loyiha ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma berilgan. Shuningdek, Andijon viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2022-yil 13-mayda Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan.
🟢 Inspeksiya amaldagi qonun va qarorlarga muvofiq 2022-yil 27-mayda Ombudsmandan 1 kunlik tekshiruvga ruxsat olib (kelishuvga erishgach), “MMMR” MChJ tomonidan AYOQSH binosi qurilishi, loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bir vaqtda olib borilganligi o`rganilib, qonun buzilish jolatlari aniqlangach, MJTKning 99-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
✔️Hozirda inspeksiya bilan MChJ o‘rtasida obyektga instrumental texnik xulosa olish uchun arizalar olinib, 2022-yil 27-may bilan 89-sonli shartnoma imzolandi. Bugungi kunda AYOQSНda qurilish ishlari to‘xtatilgan va shaharsozlik hujjatlari loyiha Arxitektura-shaharsozlik kengashida ko‘rib chiqilib, rasmiylashtirilmoqda.