• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Iyun 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2021-yil 25-avgustdagi 25343-sonli xulosasi, “UNIVERSAL PROJEKT EKSPERTIZA” MCHJning 2021-yil 27-sentabrdagi 78-21-sonli ishchi loyiha bo‘yicha yig‘ma ekspert xulosasiga asosan “SKY IN PALM” MCHJ  Toshkent shahar Chilonzor tumani 10-mavze 16-uy manzilida “O‘z hududida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini qurish” bo‘yicha Chilonzor tuman Davlat xizmatlari markazi orqali Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun xabarnoma yuborgan. 2021-yil 6-oktabrda esa nazorat ishlarini amalga oshirish uchun inspeksiya ro‘yxatidan o‘tgan.

❗️2021-yil 18-oktabrda va 9-noyabrda inspeksiya inspektori tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va to‘liqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalarini olib borish davrida qurilish obyektida handaq qazish ishlarini bajarish jarayonida kamchiliklar aniqlanib, joyida qurilish ishtirokchilari hamda buyurtmachiga tushuntirish ishlari olib borilib, bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar taqdim qilingan.

🔴Yuqorida ko‘rsatilgan yozma ko‘rsatma talablari bartaraf etilmagani sababli qurilish obyekti bo‘yicha qurilish ishlariga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga 2022-yil 21-yanvarda ogohlantirish xati yuborilgan. Qurilish obyekti qatnashchilari tomonidan inspeksiya yozma ko‘rsatmasini bartaraf qilish choralari bajarilmagani sababli “SKY IN PALM” MCHJ qurilish ishlariga ma’sul mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy ish hujjatlari tuzilib, MJtKning 99-moddasi, 1-qismini qo‘llagan holda jarimaga tortilganini bildiramiz.

✅Shuningdek, inspektor tomonidan yana 2022-yil 27-mayda qurilish obyektida handaq qazish ishlarini bajarish jarayonida kamchiliklar aniqlanib, joyida qurilish ishtirokchilari hamda buyurtmachiga tushuntirish ishlari olib borilib, bartaraf qilinishi lozim bo‘lgan yozma ko‘rsatma taqdim qilingan. Shu bois qurilish obyekti qatnashchilari tomonidan inspeksiya yozma ko‘rsatmasini bartaraf qilish choralari belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, “SKY IN PALM” MCHJ qurilish ishlariga ma’sul mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini bildiramiz.