Rishton tumani Yoyilma MFY hududida “FERGANA QUALITI BRIKS” MCHJ tomonidan Davlat xususiy sherikchilik kelishuvi asosida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish uchun qilingan ishlar Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.
Rishton tumani hokimining 2019-yil 14-noyabr kungi 6694-sonli “Tuman hokimining 2019-yil 27-sentabr kungi Rishton tumani Yoyilma qishlogʻida joylashgan “FERGANA QUALITI BRIKS” MCHJ ga tegishli bino-inshootlarni Davlat xususiy sherikchilik kelishuvi asosida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi qaroriga qoʻshimcha kiritish boʻyicha qarori tasdiqlangan.
Shunga koʻra Fargʻona viloyati qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2019-yil 26-noyabrda arxitektura rejalashtirish topshirigʻi tayyorlab berilgan.
“OʻZGASHK” LITI DUK Fargʻona filiali tomonidan topografik xarita tuzilib, Rishton tuman qurilish boʻlimi tomonidan qurilish chiziqlari nuqtalari raqamlanib, belgilanib tasdiqlangan.
Loyihachi “Fargʻona garant loyiha servis” tomonidan ishab chiqilgan hamda qurish loyihasi 2019-yil 24-dekabr kungi Fargʻona viloyati Qurilish bosh boshqarmasi kengash hay’ati a’zolari tomonidan kelishilib, bayonnoma tasdiqlangan.
Yoyilma qishlogʻida joylashgan bino-inshootlarni Davlat xususiy sherikchilik kelishuvi asosida yangi maktabgacha taʼlim muassasasi binosi qurish loyihasi “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJ tomonidan ekspertizadan oʻtkazilib, 2020-yil 24-fevral kuni ekspertiza xulosasi berilgan. Obyekt qurilishi uchun 2021-yil 23-sentabr kuni 1687-sonli qurilish-montaj ishlarini boshlashga xabarnoma berilgan.
Mavjud bir qavatli binoning ikkinchi qavatini qurish uchun “Qurilish loyiha ekspertiza sinov” MCHJ tomonidan binoning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarni texnik holati boʻyicha oʻrganilib, ijobiy xulosa berilgan, shunga koʻra loyihachi “Fargʻona garant loyiha servis” tomonidan loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilgan.
Qurilgan binolarning yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarini texnik holati boʻyicha Fargʻona viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan ijobiy xulosa berilgan.
Bugungi kunda bir qavatli oshxona binosida hamda asosiy binoda va yongʻin xavfsizligi qismida, bir qavatli maishiy xizmat koʻrsatish va savdo doʻkoni binolarida qurilish montaj ishlari yakunlangan, obodonlashtirish yaʼni, yoʻlaklarga asfalt qoplama qoplash hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari yakunlanmoqda. Obyekt foydalanishga topshirilmagan.