Ijtimoiy tarmoqlarda Qurilish vazirining o‘rinbosari – Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim Tulyaganov lavozimidan ozod etildi, degan xabar tarqaldi.
Shuni ma’lum qilamizki, Prezidentning joriy yil 3 apreldagi PQ-5053 sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 1 maydan boshlab “Qurilish vazirining o‘rinbosari – Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i” lavozimi tugatilib, “Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i” lavozimi joriy etilgan.
Kozim Tulyaganov bugungi kunda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.