• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Iyun 15, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️“AGROMIR BUILDINGS” MCHJ 2019-yil 30-martda Samarqand viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan. Samarqand shahar Qurilish bosh boshqarmasi Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2019-yil 14-fevraldagi 302-sonli xulosasi bilan “Univer Pro Stile” MCHJ tomonidan loyiha smeta hujjatlari ishlab chiqilgan. “SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI” Davlat unitar korxonasi Samarqand viloyati filialidan 2019-yil 28-martda 459-2019 sonli ishchi loyiha boʻyicha yigʻma ekspert xulosasi olingan.

➡️2019-yilda Samarqand shahar Qorasuv massivida 16 qavatli turar joy binolarining qurilish montaj ishlari boshlangan. Inspeksiya tomonidan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va toʻliqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalarini olib borish davrida qurilish obyektida (23.04.2019-yil 4/21, 21.11.2019-yil 4-79, 20.12.2019-yil 4/88, 21.01.2020-yil 4/97, 07.12.2020 4/93-sonli) yozma koʻrsatmalar berilgan.

📎2022-yil 13-iyun kuni ham koʻp qavatli uy-joyning ochiq ayvonnini toʻsib turuvchi metal toʻsiqlar tekshirilganda, ishchi loyiha qirqimida 150 mm koʻrsatilgan boʻlib, joyida oʻlchanganda 165-170 mm chiqqan hamda ostki qismi betondan yoki kafel yuzasidan ekanligi koʻrsatilmagan.

🔴Loyiha tashkiloti “Univer Pro Stile” MCHJ va pudratchi tashkilot “AGROMIR BUILDINGS” MCHJning qurilish ishlariga mas’ul mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar koʻrilishini bildiramiz.