Oʻzbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 36-sonli rayosat bayonnomasi hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining 2021-yil 18-iyuldagi VI/XXXV-IV-SONLI qarori asosida buyurtmachi va bosh pudratchi oʻrtasida 2021-yil 20-sentabrda TV-42/2021 sonli Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani “Uchchinor” MFY hududidagi 18-maktab filialini (330 oʻrinli bino va 12×24 oʻlchamli sport zali) qurish boʻyicha 6 682 091864 soʻmlik shartnoma imzolangan. Obyektni foydalanishga topshirish muddati esa 2022-yil 30-mart deb belgilangan.
2022-yil 21-fevraldagi TV-42/2021 sonli shartnomaga 3-sonli qoʻshimcha kelishuv imzolanib, obyektni foydalanishga topshirish muddati 2022-yil 15-avgust etib belgilangan.
Qurilish obyektining bugungi kundagi tayyorgarlik darajasi 75%ni tashkil etib, moliyalashtirish 64%ni tashkil etgan. Hozirgi kunda qurilish montaj ishlari davom ettirilib, obyektda 30 nafar ishchi qurilish ishlarni olib bormoqda.
Obyektning foydalanishga topshirish muddatining choʻzilish sabablaridan biri yer maydoni toʻliq oʻrganilmasdan shoshqaloqlik bilan ajratilganligi yaʼni sugʻoriladigan ekin maydonidan ajratilganligi qoziq qoqish ishlari jarayonida aniqlanib, yer maydoni bir necha bor oʻzgargan shunga mos tariqa loyiha yechimlari ham bir necha marta oʻzgartirishlar kiritilganligi sababli qurilish montaj ishlari boshlash muddatlari choʻzilib ketgan.
Toshkent viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan obyektda 11 marta nazorat ishlari olib borilib, qurilish montaj ishlari sifati yuzasidan 11 ta yozma koʻrsatma berilgan. Sifatsiz bajarilgan ishlar hajmidan jami 33 011 000 so‘m chegirib qolingan va inspeksiya inspektorlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalarni oʻz vaqtida bajarmaganligi uchun bosh pudratchining ichki nazoratchisi hamda bosh loyihachining mualliflik nazorati boʻyicha mutaxassislari Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 99-moddasi 1-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.