• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Iyul 4, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Fargʻona viloyati Margʻilon shahri Istiqlol MFYda yashovchi fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlar orqali qilgan murojaatlari Fargʻona viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 7-moddasiga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan shuningdek, Margʻilon shahar hokimining 2017-yil 14-iyuldagi 594- sonli qarori bilan “Tayyorlovsavdo” MCHJga B.Margʻiloniy tor koʻchasi 5a-uyda joylashgan 2995 m2 yer maydonidagi bino-inshootlarining buzilishga tushganligi munosabati bilan Margʻilon shahar Yangi Fargʻona koʻchasida joylashgan 20-sonli koʻp qavatli uyning janub tomonidagi 600 m2dan iborat boʻsh yer maydoni biriktirib berilgan.

✔️Fargʻona viloyati Qurilish boshqarmasi tomonidan 2022-yil 31-may kuni ART hujjatlari tayyorlangan. Fargʻona shahar “Hi-Tech Architect project” MCHJ tomonidan esa loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan, viloyat Qurilish boshqarmasi loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashining 2022-yil 20-iyunda ijobiy xulosasi olingan.

🔴Ammo “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”ning 5-bandi talablariga zid ravishda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtmasdan obyektda qurilish ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu holat inspeksiya tomonidan hozirda nazoratga olinganini maʼlum qilamiz.