• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Iyul 6, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️Kitob tumani “Sariosiyo” MFY hududida faoliyat yuritmayotgan maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha videomurojaat oʻrganib chiqildi.

Bugungi kunda mazkur obyektda rekonstruksiya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-yanvardagi “2022–2024-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-98-son qarori asosida amalga oshirilmoqda. Obyekt qurilishi boʻyicha buyurtmachi tashkilot Qashqadaryo viloyat hokimligi “YABX” Injiniring kompaniyasi etib belgilangan.

Uning qurilishi boʻyicha 2021-yil 29-dekabrda Qashqadaryo viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan “Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi” tasdiqlab berilgan.

Shuningdek, obyekt boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari “Lider line projekt” MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, joriy yil 9-martda Qurilish vazirligi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasi Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan 33514-sonli yigʻma ekspert xulosasi hamda joriy yil 10-martda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan topshiriqning ish hajmlari va ularning narx parametrlari qismida takroriy oʻtkazilgan kompleks ekspertiza natijalari boʻyicha xulosalar berilgan.

Obyekt qurilishi boʻyicha joriy yilning 21-aprelida tender.mc.uz maxsus axborot portali orqali oʻtkazilgan tanlov savdolariga koʻra “Yangi Xonobod maxsus qurilish” MCHJ gʻolib deb topilgan.

Buyurtmachi tashkilot Qashqadaryo viloyat hokimligi “YABX” Injiniring kompaniyasi tomonidan “Yagona interaktiv xizmatlari Davlat portali” orqali ushbu obyektda qurilish-montaj ishlari boshlanganligi haqida hududiy nazorat inspeksiyasi xabardor qilingan va obyekt qurilishi roʻyxatga olingan.

Bugungi kunda yangidan barpo etilayotgan mazkur 120 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti obyektiga tayinlangan bosh pudratchi “Yangi Xonobod maxsus qurilish” MCHJ tomonidan tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlari asosida qurilish-montaj ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining 2-qavatiga montaj qilingan tom yopma yigʻma temir beton plitalarning tag qismiga oʻrama belbogʻ ishlarini bajarish tasdiqlangan ishchi loyiha hujjatlarida nazarda tutilmaganligi va montaj qilingan tom yopma yigʻma temir beton plitalar uslubiy seriya talablari oʻlchamlariga mos holda bajarilganligi hamda Davlat dasturlari asosida hududlarda barpo etilayotgan har bir obyekt qurilishi hududiy inspeksiya tomonidan alohida nazoratga olinganligini maʼlum qiladi.