• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Iyul 14, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo tuman poliklinikasida eski qurilgan dorixonalar ustida yana 2-qavat qurilyapti ” sarlavhasi ostida murojaat e’lon qilingan edi. Ushbu murojaat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

❗️Sariosiyo tumani “Sharq Yulduzimahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Xamrayev hamda Afrosiyob mahallasida yashovchi fuqaro X.Astdinov tuman tibbiyot birlashmasida joylashgan o‘ziga tegishli bo‘lgan dorixona binosining 2-qavatidan o‘zboshimchalik bilan hech qanday ruxsatnomasiz 12×7,5 va 12×12 metr hajmda qurilish ishlari olib borayotgani aniqlandi.

▶️Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi orqali tuman qurilish bo‘limiga hech qanday murojaat qilmasdan o‘zboshimchalik bilan qurilish hamda montaj ishlarini amalga oshirayotgani bois ushbu tadbirkorlarga O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 68-1-moddasiga ko’ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy qad rostlayotgan bino tadbirkorning o’z hisobidan buzib tashlandi.