• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

MUNOSABAT

Avg 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi (GASN) bitmagan uyni qabul qilishdan manfaatdor(mi)?” sarlavhali tanqidiy maqola yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:

➡️“INTER GROUP NARPAYMChJ tomonidan Narpay tumani, Narpay MFY hududida 5 qavatli uy-joy binosi qurilishi Samarqand viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan 2021-yil 27-sentabr kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, obyektning sifati va toʻliqligi ustidan hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan doimiy nazorat amalga oshirib kelingan.

❗️Ushbu uy-joy Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-33-sonli farmoyishiga asosan tumandagi uy-joyga muhtoj oilalarga subsidiya asosida ajratilishi belgilangan.

➡️Yuqoridagi Farmonning 3-bandi b xatboshiga asosan yaʼni 2022-yil 1-yanvardan boshlab pudrat tashkilotlariga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishga ruxsat etiladi, deb belgilab qo‘yilgan (kadastr hujjatlari yoʻq obyektni kredit taʼminoti sifatida garovga olish imkoni yo‘q).

✔️2022-yil 4-iyul kuni jamiyat tomonidan turar-joy binosini foydalanishga qabul qilish uchun ruxsat olish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali hududiy nazorat inspeksiyasiga murojaat qilingan va hududiy nazorat inspeksiyasi inspektori tomonidan yuqoridagi qarorning tegishli bandiga asoslanib, foydalanishga qabul qilishga ruxsat berilgan.

🔴Inspeksiya xodimi tomonidan yuqoridagi qaror toʻgʻri talqin qilinmaganligi sababli Mehnat kodeksida nazarda tutilgan intizomiy taʼsir choralari qoʻllanildi.