⚡️Joriy yilning 5-avgust kuni tahminan soat 18:30da Chilonzor tumani Seul ko’chasi manzilida joylashgan “Koreya O’zbekiston biznes markazi qurilishi” obyektida yong’in sodir bo’lgani telegram ijtimoiy tarmog’i orqali videolavha tarqalgan.
📌Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, qurilish-montaj ishlari bajarilayotgan obyektda payvandlash uskunasida qisqa tutashuv ro’y berib, qurilish materiallari yonishiga sabab bo’lgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.
▶️Hozirda O’zbekiston Respublikasi FVV tomonidan yong’in kelib chiqishining sabablarini aniqlash ishlari bajarilmoqda.
📎“EVERGREEN MOTORS” XK MChJ tomonidan qurilayotgan “Koreya O’zbekiston biznes markazi qurilishi” obyekti Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2021-yil 27-martdagi 11916-sonli xulosasi olingan. “ARCHITECH” MChJ tomonidan esa ishlab chiqilgan ishchi loyiha “NIIAT” MChJ tomonidan ko’rib chiqilib, unga 2021-yil 1-aprelda 362-sonli yig’ma ekspert xulosasi berilgan.
✔️“EVERGREEN MOTORS” XK MChJ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasidan o’rnatilgan tartibda qurilish-montaj ishlarini boshlashga Davlat xizmatlari agentligi tomonidan xabardor etish tartibi orqali 2021-yil 2-aprelda ro’yxatdan o’tgan.
❗️Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 343-sonli, 2020-yil 20-avgustdagi 496-sonli qarorlariga binoan tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarining sifati va toʼliqligiga rioya etilishi ustidan nazorat funksiyalari o’rnatilgan.