• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Munosabat

Avg 9, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

❗️2022-yilning 7-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan murojaat Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan joyida chiqib o‘rganildi.

➡️Toshkent shahar Yakkasaroy tumani A.Qahhor 49-uy manzilida joylashgan ko‘p qavatli va ko’p xonadonli turar joy binosini qurish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqamasining loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo’yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organi tomonidan 2018-yil 19-noyabrdagi 31-1059/A-sonli xulosasi, 2019-yil 11-martda O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI HUZURIDAGI SHAHARSOZLIK HUJJATLARI EKSPERTIZASI DUK TOSHKENT SHAHAR FILIALI tomonidan “ATLANTIC STORY INVESTMENT” MChJga 198-sonli yig’ma ekspert xulosasi olingan.

🟢Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi 2019-yil may oyida xabardor etilib, qurilish-montaj ishlari boshlangan va inspeksiya inspektori tomonidan tizimli nazorat o’rnatilgan. Nazorat davrida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 4 marotaba yozma ko’rsatma berilgan.

🔴Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar yuzasidan esa ko’p qavatli turar joy binosining poydevor qismiga quruvchilar tomonidan 6-avgustdan 7-avgustga o’tar kechasi beton quyish ishlari olib borilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan buyurtmachiga kechki payt aholi turar joylaridagi hududda ishlamaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

✔️Shuningdek, inspeksiyaga buyurtmachi tomonidan kafolat xati ham taqdim etildi.