MUNOSABAT

Avg 11, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

❗️Toshkent Shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Chilonzor tumani Beshyog’och ko’chasi manzilida joylashgan mehmonxona majmuasi qurilishi bo’yicha telegram ijtimoiy tarmog’i orqali tarqalgan video  yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

➡️“KINORI CA” MChJ tomonidan qurilayotgan mehmonxona qurilishida joriy yilning 10-avgust kuni tahminan soat 19:00 da yong’in sodir bo’lgan.

✅Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, qurilish-montaj jarayonida obyektda beton ishlarini bajarish uchun tayyorlangan beton qoliplarining to’sin va fanerlari noma’lum sabablarga ko’ra yongan.

🔴Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

✔️O’zbekiston Respublikasi FVV tomonidan hozirda yong’in kelib chiqishi sabablarini aniqlash ishlari bajarilmoqda.