Andijon shahar E.Ashurov ko‘chasi 34-manzilda joylashgan “MMMR” MChJga tegishli bo‘lgan qayta kapital rekonstruksiya qilinayotgan AYOQSHning ko‘chmas mulk kadastr hujjati kadast restr raqami boshqa hududdagi obyekt restr raqamidir, – mazmunidagi murojaatga nisbatan Andijon viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-sonli qarori talabi tartibiga ko‘ra yuridik va jismoniy shaxslar o‘z hududlarida obyekt faoliyatini qayta ixtisoslashtirish uchun (faoliyatini o‘zgartirish) yoki yangi bino qurish uchun my.gov.uz Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali murojaat etadi. DXM xodimlari tomonidan esa tizimga obyektni ko‘chmas mulk kadastr hujjatlar to‘plamlari kiritib boriladi.
Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali ariza Kadastr agentligiga kelib tushadi va qo‘shimcha ma’lumotlar yuklatilib, harakatlantiriladi.
Shu bois bizga kelib tushgan hujjatlarga asosan o‘rganish ishlari olib borganimizni, yuzaga kelgan holat bo‘yicha endi mulkni ro‘yxatga olish idoralariga murojaat etishingiz maqsadga muvofiq bo‘lishini ma’lum qilamiz.