✅Toshkent shahar Mirobod tumani Kichik Mirobod ko‘chasi 74 va 76-uylar oralig‘ida qurilayotgan to‘qqiz qavatli bino bo‘yicha 2022-yilning 25-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va sharhlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
🔴Qurilish davrida Toshkent shahar QSHN inspeksiyasining inspektori tomonidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha 16 ta yozma ko‘rsatma berilgan. Yozma ko’rsatma talablari o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi sababli “LUXURY CAR WASH” MChJga nisbatan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 99-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, loyihachi tashkilot “ARIA PROEKT” MCHJga nisbatan ham 2 marta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shu kunga qadar QSHN inspeksiyasi tomonidan buyurtmachi tashkilotga yozma ko’rsatma talablarini o’z vaqtida bajarmaganligi sababli 3 marta hamda loyihachi tashkilotga 2 marotaba taqdimnoma chiqarilgan.
➡️Obyekt Toshkent shahar hokimining 2017-yil 18-dekabr 1612-sonli qaroriga binoan, shuningdek, 2016-yil 3- fevraldagi 103-sonli qaroriga ko‘ra “LUXURY CAR-WASH” MChJga mavjud binolarni buzilishi hisobiga pastki qavatida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi hamda ofis joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binosi qurishga ruxsat berilgan.
📎 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish sohasidagi nazorat inpeksiyasidan 2018-yil 28-sentabrda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun 666-sonli ruxsatnoma berilgan va inspeksiya tomonidan tizimli nazorat o‘rnatilgan.