🏗Samarqand shahar “Galaosiyo” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarning Islom Karimov ko’chasida olib borilayotgan qurilish ishlaridan e’tirozlari yuzasidan Samarqand viloyat Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi va Samarqand shahar Arxitektura qurilish bo’limi xodimlari ishtirokida o’rganish ishlari olib borilgan.
✅Fuqaro X.Obloqulovga qurilish ishlarini boshlashdan oldin hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor qilmaganligi va loyiha hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik hujjatlarini to’liq kelishmaganligi sababli Samarqand qurilish bo’limi tomonidan joriy yilning 26-avgustida yozma ko’rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilgan. Shuningdek, qurilish ishlariga oid loyiha hujjatlari to’liq rasmiylashtirilishi tushuntirilgan.